Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 12-апрель 2025, 12:52
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Joriy yildan boshlab “Zakovat” musobaqalari bahor faslida oʻtkaziladi


“Zakovat” musobaqalarini oʻtkazish yuzasidan Respublika tashkiliy qoʻmitasining mazkur bahslarni tashkil etish tartibiga doir qaror qabul qilindi. Unga koʻra:

➖ 2025-yildan boshlab — umumiy oʻrta taʻlim maktablari, Ixtisoslashtirilgan taʻlim muassasalari agentligi tizimidagi taʻlim muassasalari hamda oʻrta-maxsus va professional taʻlim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasidagi “Zakovat” musobaqalari bahor faslida oʻtkaziladi.

😐  Shunga binoan, musoboqalar joriy yilning aprel-may oylarida tashkil etilishi rejalashtirilmoqda, oʻtkazilish sanasi haqida qoʻshimcha maʻlumot beriladi.

📍 Bu muhim! Musobaqa Nizomiga muvofiq, 2024-2025-oʻquv yilining kuzgi mavsumida oʻtkazilgan musobaqa gʻolib jamoa aʼzolariga oliy oʻquv yurtlariga imtihonsiz oʻqishga kirish boʻyicha imtiyoz hamda stipendiya berilgani inobatga olinib, joriy yilgi bahslarda musobaqa gʻoliblariga mazkur imtiyozlar berilmaydi.

👉 Shu munosabat bilan, gʻolib jamoalar aʻzolariga imtiyoz va stipendiyalar berish 2025-2026-oʻquv yilining bahorgi mavsumida oʻtkaziladigan musobaqalardan davom ettiriladi.