Yunusobod tumanidagi maktablarda kun ko‘tarinki kayfiyatda boshlandi!
Yunusobod tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 58, 80, 122, 258, 260 va 272-sonli umumta’lim maktablarida o‘quvchilar samimiy kutib olindi. Kun an’anaviy ertalabki saflanish bilan boshlanib, unda O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi.
Saflanish davomida o‘quvchilarga odob-axloq qoidalariga rioya qilish, ustozlarga hurmat, tengdoshlarga mehr-oqibat ko‘rsatish, darslarda faol ishtirok etish hamda sifatli bilim olishning ahamiyati haqida muhim tavsiyalar berildi.
Zero, bugungi intizom - ertangi muvaffaqiyat, bugungi bilim - kelajak poydevori!
Yurtimiz kelajagi bo‘lgan yoshlarning qalbida Vatanga muhabbat, ilmga intilish va yuksak maqsadlar sari harakat qilish tuyg‘ularini mustahkamlash yo‘lida bunday tadbirlar muhim ahamiyat kasb etadi.
Bilimli avlod -Yangi O‘zbekiston kelajagi!