Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 12-апрель 2025, 12:52
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova BMT Bosh kotibining bolalarga nisbatan zo‘ravonlik masalalari bo‘yicha maxsus vakili Najat Maalla M'jid bilan uchrashdi


Uchrashuv Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan "Parlamentlararo ittifoqning 150-Assambleyasi" doirasida tashkil etildi. 

Tadbir avvalida Najat Maalla M'jid tadbirning yuqori darajada tashkil etilganligi va mamlakatimizda so‘nggi yillarda olib borilayotgan islohotlarni alohida e’tirof etdi. 

Muloqot davomida O‘zbekiston siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri bolalar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish ekanligi alohida ta'kidlandi.

➖ Ma'lumot uchun: Mazkur yo‘nalishda o‘tgan yillar davomida bir qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, 2 ta Qonun, 1 ta Qaror va 4 ta Hukumat hujjati tasdiqlandi va BMTning "Bola huquqlari to‘g‘risidagi" Konvensiyasi ratifikatsiya qilindi. 

Shuningdek, maktablarda har yili noyabr-dekabr oylarida “Zo‘ravonlikdan holi maktab” oyligi va “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” aksiyasi o‘tkazib kelinmoqda. Qator maktablarda xavfsizlik tizimlari va Face-ID ham joriy etilgan. 

Uchrashuv so‘nggida tomonlar bolalar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish yo‘nalishida UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan yaqindan hamkorlik qilib borishga kelishishdi.