Barchangizni bugungi bayram — mehr-oqibat, shukronalik va saxovat bayrami — muborak Qurbon hayiti bilan samimiy tabriklayman.
Ushbu ayyom xalqimiz qalbida ezgulik va muruvvat, bag‘rikenglik va insonparvarlik tuyg‘ularini yana-da mustahkamlovchi bayramlardan biridir.
Shunday fayzli kunlarda yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yo‘lida mehnat qilayotgan barcha yurtdoshlarimizga mustahkam sog‘lik, tinchlik-xotirjamlik, xonadonlaringizga to‘kinlik va baraka tilayman.
Ezgu niyatlaringiz va fidokorona sa’y-harakatlaringizda doimo muvaffaqiyat hamrohingiz bo‘lsin!
Qurbon hayiti bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri