O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-apreldagi PQ-135-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda Toshkent shahri bo‘yicha targ‘ibot ishlarini tashkil etish maqsadida Yunusobod tumanidagi 80-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Toshkent davlat agrar universiteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari S.Xolmirzayeva, M.Nurutdinova, M.Kasimova, R.Alibekovalar ishtirokida targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi.
Tadbir davomida maktabning 11-sinf (rus sinflari) bitiruvchilariga oliy ta’lim muassasalarida yaratilayotgan imkoniyatlar, yangi ta’lim yo‘nalishlari, xalqaro hamkorlik, dual ta’lim tizimi, zamonaviy o‘quv va ilmiy laboratoriyalar hamda talabalar startaplari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, universitet faoliyati aks etgan videolavhalar o‘zbek va rus tillarida namoyish etildi.
Uchrashuv yakunida maktab direktori D.I. Xushnazarova hamda bitiruvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.